- Minbar
- Yangiliklar
- Xalqaro amaliyot
- Ushbu son mehmoni
- Amaliyot
- Meros
- Dunyo kutubxonalari
- Central Asia
-
Sayt rangiHarflar hajmiYopish
Mualliflik huquqi va nashr etish shartlari
Muallif (shu jumladan, agar asar hammualliflikda yaratilgan bo‘lsa — barcha hammualliflar) maqolani va unga ilova qilingan fayllarni (bundan keyin — “maqola” deb yuritiladi) «INFOLIB» axborot-kutubxona jurnalida chop etish uchun taqdim etar ekan, tahririyatga quyidagi huquqlarni beg‘araz, eksklyuziv, muddatsiz va beqiyos asosda taqdim etadi.
● Tahririyatga berilgan huquqlar
Tahririyatga O‘zbekiston hududida va xorijiy mamlakatlarda maqoladan quyidagi tarzda foydalanish huquqi beriladi:
— Maqolani qog‘oz va/yoki elektron formatda nashr etish, qayta nashrlarini tayyorlash, Internetda ochiq yoki pullik tarzda joylashtirish;
— Maqolaning metamaʼlumotlari yoki to‘liq matnlarini turli maʼlumotlar bazalari va depozitariylarga yuborish;
— Maqolani har qanday moddiy shaklda, shu jumladan, ovoz yoki video yozuvlar ko‘rinishida takrorlash;
— Maqolaning nusxalarini sotish yoki boshqa usullar bilan tarqatish;
— Maqolani tarjima qilish yoki qayta ishlash;
— Maqolani har qanday shaxs tomonidan istalgan vaqtda va joydan kirish imkoni bo‘lgan holda ommaga yetkazish;
— Maqolani yoki uning qismlarini turli to‘plamlar va nashrlarga kiritish;
— Yuqorida ko‘rsatilgan huquqlarni uchinchi shaxslarga (jismoniy yoki yuridik) to‘lovli yoki beg‘araz asosda berish.
Har bir muallif bilan maqola chop etilishidan oldin mualliflik huquqi shartnomasi tuziladi.
● Mualliflik huquqi
«INFOLIB» jurnalida chop etilgan barcha maqolalar mualliflik huquqi shartlariga muvofiq tarqatiladi.
Mualliflar o‘z maqolalariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qoladilar, biroq jurnalga maqolani nashr etish va tarqatish huquqini taqdim etadilar.
Jurnal materiallarini:
— nusxa ko‘chirish;
— har qanday ommaviy axborot vositasida yoki formatda tarqatish;
— moslashtirish va o‘zgartirish;
— yangi materiallar yaratishda asos sifatida foydalanish mumkin.
Bu holda quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
— asosiy manba (jurnal nomi va muallif nomi) ko‘rsatilishi;
— foydalanish notijorat maqsadlarda bo‘lishi kerak.
Agar jurnal materiallaridan tijorat maqsadlarida foydalanish rejalashtirilsa, tahririyat bilan bog‘lanish talab etiladi:
???? fm.info@natlib.uz
● Jurnal va muallif o‘rtasidagi hamkorlik tartibi
Jurnal tahririyati yozishmalar uchun masʼul bo‘lgan muallif orqali muloqot olib boradi. Agar mualliflar jamoasi xohlasa, barcha mualliflarga elektron xatlar yuborilishi mumkin.
Qo‘lyozmalar va ilova hujjatlar tahririyatga elektron pochta orqali yuboriladi:
???? fm.info@natlib.uz
● Muharrir yoki taqrizchi xulosasini qayta ko‘rib chiqish tartibi
Agar muallif muharrir yoki taqrizchi xulosasi bilan rozi bo‘lmasa, u qabul qilingan qarorga eʼtiroz bildirishi mumkin. Buning uchun muallif quyidagilarni amalga oshiradi:
— Maqolani muharrir yoki taqrizchining asosli izohlariga muvofiq qayta ishlaydi;
— Mazkur masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniq va asosli ravishda bayon etadi.
Taqrizchi maqolani qayta ko‘rib chiqish va nashr uchun tayyorlashda yordam berishi mumkin. Agar jiddiy tuzatishlar yoki qo‘shimcha maʼlumot talab etilsa, bu haqda muallifga aniq tushuntirish beriladi.
Nashrdan oldin maqolaning oxirgi versiyasi masʼul muallifga yuboriladi. 3 kun ichida javob kelmagan taqdirda, maqolaning joriy varianti tasdiqlangan deb hisoblanadi.
● Xatolarni tuzatish va maqolani qayta ko‘rib chiqish
Agar maqolada tadqiqot natijasiga taʼsir qilmaydigan xatolar aniqlansa, ular tahririyat tomonidan tuzatilishi mumkin.
Agar xatolar tadqiqot natijalarini buzsa yoki plagiat, maʼlumotlarni qalbakilashtirish holati aniqlansa, maqola bekor qilinishi mumkin.
Qaytarib olingan maqolalarda bu haqda tegishli belgi qo‘yiladi va sabab ko‘rsatiladi. Bu maʼlumotlar jurnal indekslash bazalariga yuboriladi.
● Plagiat, uydirma yoki maʼlumotlar soxtalashtirilgan hollarda tahririyat harakatlari
Agar muallif tomonidan adolatsiz xatti-harakatlar, plagiat, uydirma yoki maʼlumotlarni soxtalashtirish holati aniqlansa, thririyat SORE (Committee on Publication Ethics) qoidalariga amal qiladi.
Adolatsiz xatti-harakatlar deganda olimning ilmiy maʼlumotlarni qasddan buzishi, manipulyatsiya qilishi yoki tadqiqot natijalarini haqqoniy aks ettirmasligi tushuniladi. Bu holatlar qabul qilingan axloqiy va ilmiy standartlarga zid hisoblanadi.
● Iqtibos (citation) va havolalar siyosati
Jurnalda rasmiylashtirilmagan maʼlumotlarni natija, muhokama yoki xulosa bo‘limlariga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday maʼlumotlar faqat:
— kirish qismida;
— usul va metodologiya tavsifida;
— ishlatilgan manbalar ro‘yxatida keltirilishi mumkin.
✉️ Tahririyat bilan bog‘lanish
«INFOLIB» axborot-kutubxona jurnali tahririyati
???? fm.info@natlib.uz