Muallif (shu jumladan, agar asar hammualliflikda yaratilgan bo‘lsa — barcha hammualliflar) maqolani va unga ilova qilingan fayllarni (bundan keyin — «maqola» deb yuritiladi) «INFOLIB» axborot-kutubxona jurnalida chop etish uchun taqdim etar ekan, tahririyatga quyidagi huquqlarni beg‘araz, eksklyuziv, muddatsiz va beqiyos asosda taqdim etadi.

● Tahririyatga berilgan huquqlar

Tahririyatga O‘zbekiston hududida va xorijiy mamlakatlarda maqoladan quyidagi tarzda foydalanish huquqi beriladi:

— Maqolani qog‘oz va/yoki elektron formatda nashr etish, qayta nashrlarini tayyorlash, Internetda ochiq yoki pullik tarzda joylashtirish;

— Maqolaning metama’lumotlari yoki to‘liq matnlarini turli ma’lumotlar bazalari va depozitariylarga yuborish;

— Maqolani har qanday moddiy shaklda, shu jumladan, ovoz yoki video yozuvlar ko‘rinishida takrorlash;

— Maqolaning nusxalarini sotish yoki boshqa usullar bilan tarqatish;

— Maqolani tarjima qilish yoki qayta ishlash;

— Maqolani har qanday shaxs tomonidan istalgan vaqtda va joydan kirish imkoni bo‘lgan holda ommaga yetkazish;

— Maqolani yoki uning qismlarini turli to‘plamlar va nashrlarga kiritish;

— Yuqorida ko‘rsatilgan huquqlarni uchinchi shaxslarga (jismoniy yoki yuridik) to‘lovli yoki beg‘araz asosda berish.

Har bir muallif bilan maqola chop etilishidan oldin mualliflik huquqi shartnomasi tuziladi.

● Mualliflik huquqi

«INFOLIB» jurnalida chop etilgan barcha maqolalar mualliflik huquqi shartlariga muvofiq tarqatiladi.

Mualliflar o‘z maqolalariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qoladilar, biroq jurnalga maqolani nashr etish va tarqatish huquqini taqdim etadilar.

Jurnal materiallarini:

— nusxa ko‘chirish;

— har qanday ommaviy axborot vositasida yoki formatda tarqatish;

— moslashtirish va o‘zgartirish;

— yangi materiallar yaratishda asos sifatida foydalanish mumkin.

Bu holda quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

— asosiy manba (jurnal nomi va muallif nomi) ko‘rsatilishi;

— foydalanish notijorat maqsadlarda bo‘lishi kerak.

Agar jurnal materiallaridan tijorat maqsadlarida foydalanish rejalashtirilsa, tahririyat bilan bog‘lanish talab etiladi:

 fm.info@natlib.uz