"INFOLIB" axborot-kutubxona jurnali elektron shaklda jurnal foydalanuvchilari uchun bir nechta ilmiy bazalarga joriy etilgan.

Ilmiy maqolalarni chop etishda har bir muallifga DOI elektron raqmi beriladi, u DOI 10.34920 raqami bilan ro‘yxatga olingan va bugungi kunga qadar 180 ta mualliflarning maqolalariga  raqam biriktirilgan. Har bir son uchun moliyalashtirish O‘zbekiston Milliy kutubxonasi budjetidan amalga oshiriladi. Sharhlash (obzor) materiallaridan iborat maqolalarga DOI raqami berilmaydi. Ilmiy maqolalarni quyidagi havola orqali topish mumkin: https://www.doi.org/

O‘zbekistonning ilmiy kutubxonasi sLib.uz - O‘zbekistondagi mahalliy ilmiy jurnallar va maqolalarning keng qamrovli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Unda "INFOLIB" jurnalining 780 ta ilmiy maqolasi joylashtirilgan bo‘lib, ularni https://slib.uz/ru/journal/view?id=92 havolasi orqali topish mumkin.

"INFOLIB" jurnalining 2019-yilgi soni eLibrary.ru portalida joylashgan. Bu portal Rossiyaning ilmiy elektron kutubxonasi va axborot portali bo‘lib, millionlab ilmiy nashrlar va patentlarning qisqacha mazmuni hamda to‘liq matnlariga kirish imkonini beradi. U Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi (RINC) bilan integratsiyalashgan va Rossiya ilmiy jurnallarining keng qamrovli fondini o‘z ichiga oladi. Ushbu portalda jurnalimizning 450 dan ortiq ilmiy maqolasi joylashtirilgan bo‘lib, ularga  https://elibrary.ru/query_results.asp  havolasi orqali kirish mumkin.

"INFOLIB" axborot-kutubxona jurnali 2022 yildan boshlab EBSCO.com – EBSCO Information Services kompaniyasi tizimiga kiritildi. Bu kompaniya tadqiqot ma’lumotlar bazalari, elektron jurnallar va kitoblarning yetakchi elektron platforma hisoblanadi. Bundan tashqari, platforma turli bilim sohalariga oid maqolalarning to‘liq matnlari va referatlarini o‘z ichiga olgan yuzlab ilmiy ma’lumotlar bazalariga kirishni ta’minlaydi. Bugungi kunga qadar jurnalning 227 ta ilmiy maqolasi https://research.ebsco.com/c/dhej73/search/results?q=INFOLIB havolasi orqali taqdim etilgan.