Nashr etuvchi, huquq egasi yoki muallif(lar)ning huquqiy cheklovlarini buzish, kasbiy etika va tadqiqot etikasi talablarini buzish, jumladan bir nechta maqolalarni bir vaqtning o‘zida yuborish, dublikat yoki takroriy nashrlar, soxta mualliflikka oid da’volar, plagiat, ma’lumotlardan firibgarlik yo‘li bilan foydalanish va ma’lumotlarni soxtalashtirish, katta til modellari yoki generativ sun’iy intellekt asosidagi vositalardan yashirincha foydalanish, mualliflar tomonidan ma’lum qilingan halol xatolar (masalan, namunalarni adashtirish yoki keyinchalik nosozligi aniqlangan ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq xatolar), etikaga zid tadqiqotlar yoki boshqa jiddiy qoidalar buzilishi maqolani qaytarishni talab qiladi. Ba’zan qaytarish maqola yuborish yoki nashr etishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘irlash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Qaytarilgan har qanday maqola bo‘yicha qaytarish sababi va uni kim tashabbus qilgani haqidagi ma’lumot qaytarish to‘g‘risidagi xabarda aniq ko‘rsatiladi. Maqolalarni qaytarish amaliyoti bir qator kutubxona va ilmiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga asoslanadi va jurnallar nomidan maqolalarni qaytarishda quyidagi tartib qo‘llaniladi:

• Elektron tarzdagi qaytarish ma’lumotnomasida original maqolaga havola beriladi;

• Asosiy maqola sahifasida maqola qaytarilgani aniq ko‘rsatilgan holda qaytarish to‘g‘risidagi xabarga havola joylashtiriladi;

• Original maqola o‘zgartishsiz saqlanadi, biroq PDF-faylining har bir sahifasida «qaytarilgan» («otozvana») degan belgini ko‘rsatuvchi suv belgisi (vodyanoy znak) qo‘yiladi;